Turkiyada mahalliy saylovlardan keyin ovozlarning 99 foizdan ortig'i hisoblab chiqildi

    Turkiyada 31-mart kuni bo'lib o'tgan munitsipal saylovlarda 99,37 foiz ovoz sanab bo'lingan. Bu haqda Turkiya Oliy saylov kengashi ma'lum qildi.

    Natijalarga ko'ra, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi 37,71 foiz ovoz to'plagan holda yetakchilik qilmoqda, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi ikkinchi o'rinda, saylovchilarning 35,53 foizi uning nomzodlariga ovoz bergan.

    Respublika Xalq partiyasi nomzodi Mansur Yavash poytaxt Anqarada 60,29 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Istanbulda ham muxolifat nomzodi Ekrem Imomo'g'li 51,05 foiz ovoz bilan ustunlik qilyapti.

    Adolat va taraqqiyot partiyasidan 24, Respublika Xalq partiyasidan 35 nomzod mamlakatning turli shaharlari hokimligiga saylangan bo'lib, ulardan 12 nafari yirik shaharlar va 14 nafari munitsipalitetlarda g'alaba qozongan, deb xabar beradi report.az.

    Turkiya Oliy saylov komissiyasi dushanba kuni saylovning dastlabki natijalarini e'lon qilmoqchi. Ayni paytda partiya yetakchilari va nomzodlar allaqachon g'alabani e'lon qilgan yoki mag'lubiyatini tan olgan. Mansur Yavash va Ekrem Imomo'g'li saylovdagi g'alabasini nishonlashdi.

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an, o'z navbatida, uning partiyasi saylovlarda kerakli natijalarga erisha olmaganini tan oldi, ammo bu “oxiri emas, balki burilish nuqtasi” ekanini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi kerakli xulosalar chiqaradi, vaziyatni tahlil qiladi va yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatadi.