Turkiyada oʻldirilgan Oʻzbekiston fuqarosining shaxsi tasdiqlandi

    Turkiya OAVlarida shu yilning 21-sentyabr kuni 36 yoshli “Zulayho” ismli Oʻzbekiston fuqarosi Istanbul shahridagi uylarning birida oʻldirib ketilgani haqida xabar tarqaldi.

    Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hodisaga va oʻldirilgan ayolning shaxsiga oydinlik kiritdi.

    Qayd etilishicha, halok boʻlgan shaxs “Zulayho” emas, Oʻzbekiston fuqarosi “A.X.” ekani aniqlandi.

    Maʼlum boʻlishicha, u bir necha yil avval Turkiyada boʻlish qoidalarini buzgani uchun deportatsiya qilingan va mamlakatga kirish taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini oʻzgartirgan holda Turkiyaga kirib kelgan.

    Aniqlanishicha, “A.X.” nomaʼlum shaxs tomonidan pichoqlab oʻldirilgani maʼlum boʻldi. Jinoyat boʻyicha mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib borilmoqda.

    Bosh konsulxona tomonidan marhumning oila aʼzolariga jasadni Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.