Chokay Kochar vatandoshlarimiz oʻrtasida birdamlikni mustahkamlash, oʻzbek milliy madaniyatini xalqaro miqyosda keng targʻib etish yoʻlidagi fidokorona saʼy-harakatlari uchun ushbu yuksak eʼtirofga loyiq koʻrildi.
Oʻzbekiston elchixonasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz elchisi Ilhom Haydarov Chokay Kocharga Oʻzbekiston madaniyati elchisi koʻkrak nishoni va maxsus sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.
Chokay Kochar mazkur yuksak lavozimga loyiq koʻrilgani uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirish barobarida, mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosini Turkiyada keng targʻib qilishga barcha bilim hamda imkoniyatlarini safarbar etishini bildirdi.
«Ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston – Turkiya strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi, – dedi u. –Hamkorlik barcha yoʻnalishda, xususan, madaniy-gumanitar sohada faollashib bormoqda. Menga Oʻzbekiston madaniyati elchisi maqomi berilishi esa ikki qardosh xalq oʻrtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









