Statistikada toʼrt toifadagi, jumladan, qisqa muddatli, talabalar uchun, oilaviy va turli sabablarga koʼra istiqomat qilish uchun qancha «propiska» berilgani koʼrsatilgan.

Jami xorijliklarga berilgan yashash ruxsatnomasida oʼzbekistonlik fuqarolarning ulushi 56 062 tani tashkil qilgan.

Xususan, Oʼzbekiston qisqa muddatga 42 988 ta ruxsatnoma olish bilan beshinchi oʼrinni, oilaviy yashash uchun 5773 ta bilan toʼrtinchi oʼringa kiritilgan.

Turkiya jami talaba yoshlar uchun 94 815 ta ruxsatnoma bergan boʼlib, statistikada Oʼzbekiston oʼntalik roʼyxatiga kiritilmagan.

Shuningdek, Turkiyada Iroq, Turkmaniston, Suriya, Eron, Ozarbayjon, Oʼzbekiston, Rossiya, Аfgʼoniston, Qozogʼiston, Misr «propiska» olishda faol boʼlgan 10 mamlakat qatorida koʼrsatilgan.