Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, xorijdagi vatandoshlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish tadbirlari doirasida Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar vatanga qaytarilishiga erishildi.
Jumladan, turli sabablar tufayli ota-onasining qaromogʻidan mahrum boʻlgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qiz va 11 yoshli 1 nafar oʻgʻil bola yaqin qarindoshlarining murojaatlari asosida Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yil 2-oktyabr kuni masʼul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborildi.
«Ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirmaslik, befarq boʻlmagan fuqarolarimizdan esa chet elda qarovsiz qolib ketgan bolajonlar toʻgʻrisida zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalariga xabar berish soʻraladi«, deyiladi xabarda.