Turkiyada qurilayotgan ko'prik qulab tushdi, oqibatda uch kishi halok bo'ldi

    Turkiyaning Diyarbakir viloyatida qurilayotgan ko'prikning bir qismi qulab tushdi, oqibatda uch kishi halok bo'ldi va ikki kishi og'ir jarohat oldi.

    Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hodisa Kulp-Mush avtomagistralining 2 kilometrlik qismida sodir bo'lgan.

    Jandarmeriya, Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (AFAD) va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida ish olib bormoqda.

    Qulash sababi hali aniqlanmadi, deb xabar berdi report.az.