“Samsunning Ilkadim hududida qurilish ishlari olib borilganda ellinistik, Rim va Sharqiy Rim davrlariga tegishli ekanligi taxmin qilingan turar-joy topildi”, — deyiladi eʼlon qilingan xabarda.

Ushbu qadimiy qishloq qoldiqlarining eng muhim qismi suv taʼminoti infratuzilmasidir.

Qazish ishlari jarayonida tangalar, kulolchilik buyumlari, koshinlar, qabrlar va meʼmoriy qoldiqlar topilgan. Ushbu tarixiy obida qoldiqlari o‘rnida qadimda aholi yashaganligi tahmin qilinmoqda.

Topilma joyida qazish ishlari davom etmoqda.