Turkiyada rekord darajadagi yuqori havo harorati qayd etildi

    Turkiyaning markaziy qismida havo harorati 49,5 darajaga yetdi. Bu rekord sanaladi.

    Turkiya ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet Ozxasekining ma'lum qilishicha, g'ayritabiiy issiq harorat butun mamlakatni qamrab olgan, eng yuqori harorat Eskishehir viloyatida qayd etilgan.

    Vazirning qo'shimcha qilishicha, avvalgi rekord 2021-yil 20-iyulda o'rnatilgan. Keyin Shirnak viloyatidagi termometrlar 49,1 darajani ko'rsatdi.

    Ob-havo ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyada issiq havo kamida yana bir hafta davom etadi. Ayni paytda ba'zi joylarda havo harorati mavsumiy me'yordan 4-7 foizga oshib bormoqda. Havo harorati 44 darajaga yetgan Istanbul va Izmirda ham rekordlar qayd etildi, deb xabar beradi mir24.tv.