Turkiyada sayyohlik kemasida yong'in sodir bo'ldi

    Turkiyaning Marmaris kurorti qirg'oqlarida sayyohlik kemasi yonib ketdi, to'rt nafar yo'lovchi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi DHA axborot agentligi.

    Yigirma metrli yog'och kema noma'lum sabab bilan soat 16.00 da yonib ketdi.

    “Xorijiy sayyohlarning bir qismi yonayotgan kemadan sakragan, ikkinchi qismini esa yaqin atrofdagi yaxtalar, kemalar va qirg'oq qo'riqlash ekipaji qutqarib qoldi”, deyiladi agentlik xabarida.

    Unga ko'ra, kemadan 39 kishi evakuatsiya qilindi, kuyish jarohati olgan to'rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Kemadagi yong'in qirg'oq xavfsizligi xodimlari tomonidan o'chirildi, deb xabar beradi ria.ru.