Bu haqda Oʻzbekistonning istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Norasmiy maʼlumotlarga koʻra 2025-yil fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqarolar aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor boʻlmagani sababli muammolarga duch keldi.
Oldin Turkiyada qonuniy qolish muddatini oshirgan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olish boʻyicha rad javobi olgan xorijiy fuqarolar mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) orqali qaytib kelishlari va 10 kun ichida yangi ariza topshirishlari mumkin edi.
Endi esa bu imkoniyat toʻliq bekor qilindi.
Endilikda oʻz vaqtida chiqib ketmagan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan fuqarolar darhol Turkiyaga qaytolmaydi.
Yangi qoidalarga muvofiq, fuqarolikka qarab, Turkiyaga kirish taqiqi 3 oydan 6 oygacha boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan Bosh kosulxona Turkiyaga kelish niyatida boʻlgan vatandoshlarni ushbu kiritilgan oʻzgarishni inobatga olishga chaqirdi.
- Turkiyaga safar qilishdan oldin mazkur davlat migratsiya qoidalari bilan tanishing!
- Hujjatlaringizda muammo yoʻqligiga ishonch hosil qiling!
- Agar qonuniy qolish muddati tugagan boʻlsa yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan boʻlsa ushbu mamlakatni qonuni hurmat qilgan holda tark eting, zero bu turdagi qoidabuzarliklar Turkiyaga qaytish imkoniyatiningizni cheklab qoʻyilishiga sabab boʻlishi mumkin!