Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 15-yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosining (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida vafot etgani boʻyicha murojaat kelib tushdi.
Shuningdek, Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sogʻliqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.
Eslatib oʻtamiz, 14-yanvar kuni 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgandi.