Turkiyada TikTok bloklanishi mumkin

    Raqamlashtirish 12 May 2024 764

    Turkiyada TikTok oilaviy qadriyatlarga ta'sir qilgani uchun bloklanishi mumkin

    Bu haqda Turkiya parlamentining Raqamli ommaviy axborot vositalari komissiyasi rahbari Husayn Yayman NTV telekanali efirida aytib o'tdi.

    Ijtimoiy tarmoqninng bloklanish ehtimoli uning Turkiyada oilaviy qadriyatlarga salbiy ta'siri bilan bog'liq.

    "TikTok AQSHda taqiqlangan, biz bu taqiqga qarshimiz, ammo Turkiyada vaziyat qonunchilik tomonidan taqiqlanish darajasiga etishi mumkin", — deya ogohlantirdi Yayman.

    Bundan tashqari, u X ijtimoiy tarmog'ini yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun Turkiyaga o'z vakilini yuborishga chaqirdi. Shuningdek, Turkiyaning siyosiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan “trollar” xavfi haqida gapirdi.