Turkiyada V etnosport madaniyat festivali boshlandi

    Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali tantanali ochildi.

    Mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov ham ishtirok etdi.

    V etnosport madaniyat festivalida dunyoning 26 davlati vakillari oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

    Festival doirasida vazir A.Ikramov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdoʻgʻon hamda yana bir qator yuqori martabali mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etiladi, deb yozmoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan.

    Qaror bilan etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda ushbu dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.