Mazkur xalqaro forum Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi va YUNISEF hamkorligida tashkil etildi.
Dunyoning 18 davlati vakillari ishtirok etgan Forumning asosiy maqsadi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
Tadbir doirasida bolalar guruhlarga bo‘linib, dunyo iqlim o‘zgarishidagi asosiy muammolar va ularga yechim topishda bolalarning fikri va yondoshuvlari tinglandi.
Jumladan, Javohir Salomov o‘z guruhiga berilgan ekologik muammo yuzasidan taqdimot qildi va unda muammoni tahlil qilib o‘z takliflari bildirgani barobarida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berdi. U, shuningdek, o‘zi o‘qiyotgan ixtisoslashtrilgan maktab to‘g‘risida ham batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.