Yevropa-O'rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyaning markaziy qismida 4,8 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 10.48 da, Turkiyadagi vayronkor zilzila epitsentri – 376 ming aholiga ega Qahramonmarash shahridan 85 kilometr shimoli-g'arbda yuz berdi. O'choq 40 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar beradi ria.ru.