Halok bo'lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan, dedi viloyat gubernatori Meftun Dalli.

Unga ko'ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:50 da Istanbuldan Qora dengiz sohilidagi Sinop shahriga ketayotgan yo'lovchi avtobusi avtomobil yo'lining Kastamonu-Tashko'pru qismida ag'darilib ketgan.

“Afsuski, 6 nafar fuqarolarimiz halok bo'ldi, 33 nafari tan jarohati oldi, ulardan 3 nafarining ahvoli og'ir, barchasi kasalxonaga yotqizildi”, dedi gubernator TRT Haber telekanalida. U avtobus haydovchisi rulda uxlab qolganini istisno qilmadi. Viloyat rahbari hodisa sabablari aniqlanayotganini ma'lum qildi.

Politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, Kastamonuda tundan beri yog'ayotgan qor halokatga sabab bo'lgani inkor etilmoqda. Boisi, hodisa yo'lning muzlamagan tekis qismida sodir bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.