Qayd etilishicha, Turkiyaga ishlash maqsadida kelgan M.A. ismli fuqaro yoʻlni kesib oʻtayotgan vaqtda mototsikl haydovchisi tomonidan urib yuborilishi natijasida ogʻir tan jarohati oldi. Jabrlangan ayol moddiy imkoniyatlarining yoʻqligi va yashash joyisiz qolganligi bois qiyin ahvolga tushib qolgan.
Bosh konsulxona, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda “Uzbekistan Airways“ AJ bilan hamkorlikda bemorning shifoxona xarajatlarini qoplash va uni vatanga qaytarish tashkillashtirildi.









