Turkiyada yo'lovchi avtobusi ag'darilib ketdi

    Turkiyaning Gaziantep shahrida yo'lovchi avtobusining ag'darilib ketishi oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi, 17 kishi jarohatlandi.

    Xabar qilinishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo'qotib qo'ygan, oqibatda transport vositasi ag'darilib ketgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan.

    Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan, haydovchi esa so'roq qilish uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan, deb xabar beradi report.az.