Avtohalokat Mersinning Aydinjik tumanida sodir bo'ldi. Avtobus Antaliyadan Mersinga ketayotgan edi. Sariyer tunnellaridan chiqishda boshqaruvni yo'qotib, to'siqlar bilan to'qnashib ketgan. Shundan so'ng avtobus ag'darilib ketgan.

Hodisa sabablari hozircha noma'lum. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda mir24.tv.