Turkiyada yong'in chiqqan mehmonxona buziladi

    Turkiyaning Kartalkaya tog'-chang'i kurortida 79 kishining o'limiga olib kelgan yirik yong'in sodir bo'lgan Grand Kartal mehmonxonasini buzishga qaror qilindi.

    Bu haqda rasmiylarga tayanib, Habertürk telekanali xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, 1978-yilda qurilgan 12 qavatli mehmonxonani buzish to'g'risidagi qaror Turkiyaning Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o'zgarishi vazirligi mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan ekspertiza natijalariga ko'ra qabul qilingan.

    Agentlik mutaxassislari binoning asosiy konstruksiyalariga jiddiy shikast yetganligini aniqladi va kelajakda undan foydalanish mumkin emas degan xulosaga keldi.

    Eslatib o'tamiz, mehmonxonadagi yong'in 21-yanvarga o'tar kechasi sodir bo'lgan. Yong'in sodir bo'lgan vaqtda mehmonxonada jami 238 nafar mehmon bo'lgan. Turkiyada 22-yanvar kuni milliy motam e'lon qilindi, deb xabar beradi report.az.