Turkiyada zilziladan jabr ko'rgan 7275 nafar fuqaroga yangi xonadon kalitlari topshirildi

    Turkiyada 2023-yil 6-fevraldagi zilziladan jabrlanganlarga yil oxirigacha 200 mingta uy beriladi.

    Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an ma'lum qildi.

    3-fevral kuni 7275 nafar fuqaroga yangi xonadon kalitlari topshirilganini alohida ta'kidladi.

    “Biz zilziladan jabr ko'rgan shaharlarimizni tiklash bo'yicha ishlarni davom ettiramiz. Hududda 40 ming uy qurish ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich egalariga topshiriladi. Ikki oy ichida zilzila zonasida 75 mingdan ortiq uy topshirilishini yakuniga yetkazamiz”, deya qo'shimcha qildi Turkiya Prezidenti.

    3-fevral kuni Turkiyaning Hatay viloyatida o'tgan yilning fevral oyida sodir bo'lgan zilzila oqibatida uylari vayron bo'lgan oilalarga yangi xonadonlar berildi, deb xabar beradi report.az.