Turkiyadagi ikkita korxonada yong'in sodir bo'ldi

    Turkiyaning Bursa shahrida qog'oz va tola ishlab chiqaruvchi korxonalar yonmoqda.

    Habertürkning xabar berishicha, hududga ko'p sonli o't o'chiruvchilar va texnikalar, jumladan, vertolyot ham safarbar etildi.

    Hozirda yong'inni o'chirish ishlari olib borilmoqda.

    Hodisa sabablari noma'lum, deb xabar beradi report.az.