Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlum qilishicha, kecha yana 4 oila, jami 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻz oilalari bagʻriga qaytarildi. Ular zilzila boʻlgan Turkiyaning Qaxramonmarash, (2 kishi) Hatay, (6 kishi) Adiyaman va (2 kishi) Gaziantep (2 kishi) viloyatlaridan Istanbulga evakuatsiya qilindi.
Mazkur fuqarolar zilzila oqibatida pulsiz va hujjatsiz qolgan. Ularga xujjatlar rasmiylashtirildi va aviachiptalar harid qilindi, deb yozadi
Oʻz oʻrnida, Bosh konsulxona nomidan “Uzbekistan airways” Istanbul shahridagi vakolatxonasi barcha xodimlariga tezkorlik bilan aviapchilarni xarid qilishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirildi.