Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari oʻrtasida maslahatlashuv oʻtkazildi va Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizlik nuqtayi nazaridan Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligi oʻrganildi.
Shu munosabat bilan, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida hushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini koʻrishlari, ayniqsa aeroport, temir-yoʻl vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari soʻraladi.
Turkiyadan chiqib ketish arafasida boʻlgan fuqarolarimizdan aeroportlarga uchish uchun qayddan oʻtish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borishlari, shubhali buyumlar va shaxslar toʻgʻrisida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni taʼminlash (Özel güvenlik) boʻlinmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etiladi.