Mahalliy OAV xabariga ko'ra, Chorum shahrida 35 yoshli X.C. qahvaxonaga qurolli hujum uyushtirgan.
Voqea kecha mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida yuz bergan. Manbalarga ko'ra, hujum uyushtirgan shaxs ov miltig'idan o'q uzgan, oqibatda besh kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og'ir.
Voqea joyiga politsiya xodimlari va tez yordam brigadalari jalb qilingan. Jabrlanganlar shaharning turli shifoxonalariga yotqizilgan.
Hozirda politsiya jinoyatchini qo'lga olish bo'yicha keng ko'lamli operatsiya o'tkazmoqda. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan, deb xabar beradi report.az.