Turkiyadagi tartibsizliklar: 67 kishi hibsga olindi

    Barchasiga Suriya fuqarosining voyaga yetmagan qizga jinsiy zo'ravonlik qilgani sabab bo'ldi.

    Mazkur voqea tufayli mahalliy aholi tomonidan Kayserida uyushtirilgan tartibsizliklardan so'ng 67 kishini hibsga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerilkaya ma'lum qildi.

    Yakshanba kuni kechqurun Kayserida mahalliy aholi Suriya fuqarosini qarindoshining voyaga yetmagan qiziga zo'ravonlik qilgani uchun qo'lga olib, huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirganidan keyin ayrim fuqarolar noqonuniy harakat qilib, suriya millatiga mansub fuqarolarning uylari, ish joylari va avtomashinalariga zarar yetkazdi. Xavfsizlik kuchlarning aralashuvi natijasida 67 kishi hibsga olindi.

    Kayseridagi tartibsizliklar Turkiyada keng aks-sado berdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 3 milliondan ortiq suriyalik qochqin istiqomat qiladi, deb xabar beradi tass.ru.