Taʼkidlanishicha, ushbu yer silkinishlari qo‘shni shaharlarda ham sezilgan. Turkiya Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) maʼlumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q.
Dyuzje shahrida 37 nafar fuqaro, Zonguldakda 6, Bursada 4, Istanbul, Sakarya va Bolu shaharlaridan bittadan – jami 50 kishi jarohat olgan. Dyuzje shahriga 10 ming dona yopinchiq, 480 ta oilaviy turdagi, 20 ta umumiy maqsadli chodirlar yuborilgan. 10 ta mobil baza stansiyalari yo‘naltirilgan.
Zilzila sababli 23-noyabr kuni Dyuzje, Bolu, Sakarya va Zonguldak maktablarida 1 kunlik taʼtillar eʼlon qilingan.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘lanib jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganligini aniqladi.