«Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, zilzila Turkiya vaqti bilan 14 iyun, soat 17:24 da sodir bo‘lgan. Kuchli yer qimirlashi sabab Turkiya Sharqidagi Bingel provintsiyasida 18 kishi bedarak yo‘qolgan. Ulardan bir nafari vafot etgan, deb xabar bermoqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar tuzilmasi. Ayni paytda hududda 100 nafar shifokor va qutqaruvchi yuborilgan. Shuningdek, 550 ta vaqtincha yashash uchun chodirlar etkazilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 5,7 balli yer silkinishi markazi sifatida Karlyova okrugi hududi qayd etilgan. Zilzila Elzurum, Trabzon, Kars, Vatman, Siirt, Mardin, elazig va Malatyada ham sezildi.
Turkiya ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon Turkiyada bir necha bor kuchli yer qimirlashi kuzatilgan. Joriy yil yanvar va fevral oylarida bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatida 44 kishi vafot etgan edi.