Qayd etilishicha, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. oʻzining qonuniy vasiylarining roziligisiz, Turkiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish maqsadida Istanbul shahriga kelgan. U Oʻzbekistonlik tanishining tavsiyasi bilan Turkiyada tahsil olayotgan, A.D. ismli shaxs bilan bogʻlangan.
Turkiyaga kelganidan soʻng S.S. ni A.D. kutib olgan va unga bosim oʻtkazib, uni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan. Qarshilik qilgan taqdirda esa uni mahalliy jinoiy guruhlarga topshirish bilan qoʻrqitgan.
Oʻz hayoti xavf ostida qolganini anglagan S.S. yordam soʻrab diasporamiz vakillariga murojaat qilgan. Faollar tomonidan Bosh konsulxonaga olib kelingan va mazkur fuqaroning holati oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha ishlar tashkil etilgan.
Oʻzbekistonda S.S. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kutib olindi va hozirda uni oilaviy muhitga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.








