Qayd etilishicha, shu yilning 16-aprel kuni “Toshkent Xalqaro Aeroporti“ning uchib ketish zalida Istanbulga parvozga otlangan fuqaroda 1 kg dan ziyod zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

“Toshkent Xalqaro Aeroporti“ning Aviatsiya xavfsizligi xizmati va chegara bojxona posti xodimlari tomonidan hamkorlikda aniqlangan mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 819 mln soʻmdan oshmoqda.