Xabaringiz bor, yurtimizda XV Toshkent xalqaro kinofestivali boshlanishiga 2 kun qoldi. Turkiyalik xonanda Ayla Chelik ham mazkur nufuzi tadbir mehmoni bo'ladi.
“Bag'dat”, “Daha bi ashk”, “Ashk tutar beni”, “Seviyoruz Hala”, “Mejbur” kabi musiqiy taronalari bilan yurtdoshlarimizga yaxshi tanish bo'lgan xonanda Ayla Chelikning kinofestival doirasida O'zbekistonga tashrif buyurishi muxlislar uchun quvonchli xabar deyish mumkin.
U kinofestival tadbirlarida, jumladan “Turk kinosi kunlari”da ishtirok etishi va musiqiy chiqishlar qilishi kutilmoqda!