Ular o'z sharhlarida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishdagi nutqiga alohida e'tibor qaratishdi.
Mexmet Seyfitdin erol, Anqara strategik tadqiqotlar markazi AnkaSAM direktori:
— Prezident SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishdagi nutqida o'tmish, hozirgi holat va kelgusi yillarda mamlakatni yanada rivojlantirish istiqbollari to'g'risida aniq, kontseptual tasavvurni taqdim etdi.
Aslida u respublika rivojlanishining yangi bosqichini e'lon qildi, davlat va jamiyat qurilishi ufqlarini kengaytirdi, davlat institutlari, fuqarolik jamiyati va iqtisodiy o'sish taraqqiyoti uchun yangi chegaralarni belgilab berdi.
Ushbu nutq nafaqat mazmuni, balki shakli jihatidan ham O'zbekiston rahbarining dolzarb masalalarga yangicha yondashuvini aks ettiradi. Hatto uni mamlakat taraqqiyoti traektoriyasining eng muhim burilish nuqtalaridan biri ham deyish mumkin.
Darhaqiqat, Mustaqillik kunlari haqiqatan ham bunday chiqishlarda, o'tgan bosqichni baholash va erkin, suveren davlat uchun yangi maqsadlarni belgilashga juda mos keladi.
SHuni ham alohida ta'kidlashni istardimki, Prezident siyosiy shiorlar, mavhum mafkuraviy formulalar yoki geosiyosiy «o'yinlar» ga emas, balki ayni paytda oddiy fuqarolarni xavotirga soladigan aniq hayotiy masalalarga e'tibor qaratdi. Nutqda global pandemiyaga qarshi kurashish shartlari va uning oqibatlarini muvaffaqiyatli bartaraf etish yo'llari, yoshlar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlarining dolzarb muammolari, sog'liqni saqlash tizimining ustuvor yo'nalishlari, iqtisodiy rivojlanish, innovatsion taraqqiyot — zamonaviy muammolarning hammasi qamrab olindi. Bu O'zbekiston rahbarining mamlakatdagi o'zgarishlarga nisbatan tizimli yondashuvidan va istiqbollarini har tomonlama ko'rganligidan dalolat beradi.
Bir so'z bilan aytganda, ushbu nutq bugungi yangi O'zbekiston zamonaviy haqiqatlarga xotirjam munosabatda bo'ladigan, uning afzalliklari va kamchiliklarini xolisona baholaydigan, ustuvor yo'nalishlar va strategik maqsadlarni mustaqil ravishda aniqlay oladigan etuk davlat ekanligini ko'rsatdi.
Ko'rinib turibdiki, Prezident SHavkat Mirziyoev o'ziga xos dadil qarorlar va g'ayratli sa'y-harakatlari bilan jamiyatni yangilash va iqtisodiy modernizatsiya qilish sohasida O'zbekistonni jiddiy ravishda oldinga siljitmoqda.
Agar SHavkat Mirziyoevning qarashlari to'liq amalga oshirilsa, O'zbekiston MDHning eng ilg'or mamlakatlaridan biriga, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va sanoat markaziga aylanadi.
Xuseyn Bagdji, Tashqi siyosat instituti direktori:
— Mamlakat mustaqilligi kunida O'zbekiston rahbari transformatsiyalarning ahamiyati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, munosib kelajakdagi davlatni ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning chekinmasligini va izchilligini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.
Zamonaviy sharoitda mamlakat rahbarining islohotlarga yo'naltirilganligi juda muhimdir. Bu haqiqat O'zbekiston uchun juda katta ustunlik beradi.
SHu bilan birga, O'zbekiston Prezidentining mavjud qiyinchiliklarga, shu jumladan global pandemiya va jahon bozorlaridagi iqtisodiy inqirozning og'ir sharoitlariga ko'z yummasligi har qanday hurmat va qadrlashga loyiqdir. Aksincha, u mamlakatning hozirgi holati, erishilgan yutuqlari va imkoniyatlarining barcha asosiy jihatlarini tahlil qildi. Va hozirgi voqelikda yanada rivojlanishning bir qator aniq yo'llarini belgilab berdi.
Nutqning mohiyati nafaqat O'zbekiston rahbarining samimiyligidan, balki ko'rib chiqilayotgan masalalarga jiddiy munosabatda bo'lishidan va kelajakni qurish yondashuvining amaliyligidan dalolat beradi. Bu nafaqat O'zbekiston xalqi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy xabar. O'zbekistonning mintaqadagi markaziy rolini hisobga olgan holda, unda olib borilayotgan chuqur va dinamik islohotlar butun Markaziy Osiyo bo'ylab o'sishning yangi «drayveriga» aylanadi va mamlakat o'zi mintaqalarni rivojlantirish lokomotivi bo'la oladi deb taxmin qilish mumkin.
SHamil` Ayrim, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan Turkiya Buyuk Milliy Majlisining (bir palatali parlament) a'zosi, «Marmara Grupp» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg'armasi» nodavlat tashkiloti ijroiya kengashi rahbari:
— O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning nutqi davlat hayotining barcha jabhalarini o'zida mujassam etgan boy, keng qamrovli dasturdir. U oddiy odamlarning tashvishlari va orzu-umidlari bilan yashash qobiliyatining yaqqol ko'rsatkichi hisoblanadi. SHuningdek, ijtimoiy mavqei, kasbi va kelib chiqishi, millatidan qat'i nazar barcha O'zbekiston fuqarolariga bo'lgan muhabbat namoyishi bo'ldi.
Aytishimiz mumkinki, bu yangi milliy g'oya, butun aholini yagona maqsad — davlat suverenitetini yanada mustahkamlash va umumbashariy farovonlikni ta'minlash atrofida birlashtirgan kontseptsiya.
Ushbu nutq mohiyati va mazmuni bilan dolzarbligi sababli unda ko'rsatilgan ustuvor yo'nalishlarning uzoqni ko'rganligi tufayli bir necha marotaba qiziqish uyg'otadi va qo'shimcha o'rganishlar mavzusiga aylanadi.