Unda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov moderatorlik vazifasini bajardi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti F.Oktay, Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi raisi N.Olpak hamda boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari, shuningdek, 30 yaqin oʻzbek va 60 dan ziyod turk ishbilarmonlar ishtirok etishdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov oʻz nutqida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi, Savdo palatalari va tovar birjalari Ittifoqi, Mustaqil sanoatchilar va ishbilarmonlar uyushmasi kabi tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik olib borayotganiga alohida urgʻu berdi.

Buning yaqqol natijasi sifatida yurtimizda turk kapitali ishtirokida 1 576 ta korxona, shundan, 694 tasi qoʻshma korxona, 882 tasi esa 100 foiz turk kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat olib borayotganini keltirsak boʻladi.

Biznes-forum davomida hamkorlik yoʻnalishlarida qilinayotgan ishlar, qolaversa Oʻzbekistonning investitsion salohiyati toʻgʻrisidagi taqdimot materiallar mehmonlarga taqdim etildi. Tadbirda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, qolaversa ikki mamlakatning tadbirkorlariga yana-da keng imkoniyat yaratgan holda ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Tadbir soʻngida bugungi tadbirda ishtirok etgan Turkiya xususiy sektor vakillari Oʻzbekistonda hamda Oʻzbekiston biznes vakillari Turkiyada oʻz kapitali ishtirokidagi qoʻshma loyihalarni yana-da oshirishga hissalarini qoʻshish istagini bildirdilar.