Seminarda Markaz ilmiy xodimlari va yurtimizda diniy-ma'rifiy yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot va muassasalarning yosh olim va tadqiqotchilari hamda taniqli olim, Turkiyaning Anqara universiteti professori Ismoil Chalishkan ishtirok etdi.
Professor Ismoil Chalishkan seminar davomida Movarounnahrda tafsirning boshlanishi va taniqli mufassirlar, Samarqand va Buxoro tafsir maktablari hamda mashhur tafsir asarlari haqida o'zining ilmiy tadqiqotlari davomida to'plangan ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi. Seminar qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.