Turkiyaning janubi-sharqida zilzila yuz berdi

    Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

    Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) ma'lum qildi.

    Tabiiy ofat o'chog'i Dulkadiro'g'li hududida, 5,13 kilometr chuqurlikda joylashgan.

    Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.