Turkiyaning omonatlarni kafolatlash fondi bilan oʻzaro tajriba almashildi

    Moliya 21 Noyabr 2023 656

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning omonatlarni kafolatlash fondi (SDIF) bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida Istanbul shahrida boʻldi.

    Tashrif davomida Turkiyaning omonatlarni kafolatlash fondi kengashi aʼzosi Yusuf Oksuzomer va boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

    Muloqotlarda tomonlar ikki mamlakat fondlarining faoliyati, banklarni sanatsiya qilish, riskka asoslangan mukofot tizimi, toʻlovni qaytarish va toʻlash jarayoni, omonatlarni sugʻurtalash va ularni moliyalashtirishga doir amaliyotlar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.