Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

Maʼlumotlarga koʻra, u 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida roʻy bergan YTHda ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, 15-aprel kuni hayotdan koʻz yumgan. Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.

Ayni vaqtgacha marhumning oila aʼzolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga murojaat qilmagani maʼlum qilindi.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan qochib ketgan, ammo bir kundan soʻng politsiyaga taslim boʻlgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvand modda aniqlangan. Shunga qaramay, ayni paytda u qamoqqa olinmagan boʻlib, sud majlisi 2025-yil 2-oktyabrga belgilangan.

Bosh konsulxona hozirda marhumning oila aʼzolariga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda.