Turkiyaning Trabzon shahrida Oʻzbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

    Bunga qadar shu kabi vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida boʻlgan.

    2024-yil 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston faxriy konsulxonasi Turkiyaning Trabzon shahrida rasman ochildi. Bunga qadar shu kabi vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida boʻlgan.

    Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining xabar berishicha, faxriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi qarshisida joylashgan. Faxriy konsullik – bu davlatlar oʻrtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxonadir.