Poytaxtimizda FIFA koʻmagi va ishtirokida turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlarining yigʻilishi tashkil etildi.
Ozarboyjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston futbol tashkilotlari rahbarlari, OFK va UYEFA vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda milliy va klublar miqyosida qoʻshma xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, futbolni rivojlantirish va ommalashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Futbol boʻyicha mutaxassislar, murabbiylar, hakamlar tayyorlash va oʻzaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.