Taʼkidlanishicha, qulonlarni koʼchirish ishlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Moʼynoq kelajak bunyodkorlari” bilan imzolangan shartnomaga asosan amalga oshirildi. 18 bosh Turkman qulonlari Davlat ekologiya qoʼmitasi tasarrufidagi "Sudochye-Аkpetki" davlat buyurtma qoʼriqxonasi hududiga qoʼyib yuborildi.
Qoʼriqxona xodimlari tomonidan bu jonivorlarning yashash joylari va tarzi doimiy monitoring qilib boriladi.
Shuningdek, yana 50 bosh Turkman qulonlarini “Borsakelmas” davlat buyurtma qoʼriqxonasiga koʼchirish ham rejalashtirilgan.