Turkmaniston benzin narxi eng arzon mamlakatlar qatoridan joy oldi

    Eng qimmat benzin Xitoyning maxsus ma'muriy tumani bo'lgan Gonkongda, deb topildi.

    Joriy yil 29-avgust holatiga ko'ra, dunyo davlatlaridagi benzin narxlari reytingi e'lon qilindi. Unda Turkmaniston 95 oktanli benzin bo'yicha reytingda yettinchi o'rinni egallab turibdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri “Turkmenportal” yangiliklar veb-saytiga tayangan holda.

    Portal ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda ushbu markadagi bir litr benzin 0,428 AQSH dollarini tashkil qiladi.

    Jahonda bir litr benzinning o'rtacha narxi 1,36 dollar. Venesuelada dunyodagi eng arzon benzin mavjud — 2,2 tsent. Liviya (3 tsent) va eron (5,3 tsent) etakchi uch mamlakat qatoridan joy olgan.

    Eng qimmat benzin Xitoyning maxsus ma'muriy tumani bo'lgan Gonkongda. U erda bir litr benzin 2,981 dollar turadi. Zimbabveda bir litri 2,520 $, Islandiyada esa 2,289 $.