– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻzbek-turkman hukumatlararo Qoʻshma komissiyasi toʻgʻrisida Bitim;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Yerdan haq toʻlash evaziga foydalanish toʻgʻrisidagi Bitimga Qoʻshimcha bitim.

Oʻzbekiston tomonidan hujjatlarni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tomonidan esa Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov imzoladilar.

Qayd etilganidek, mazkur hujjatlarning imzolanishi transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli asosda, doʻstlik ruhida va yaxshi qoʻshnichilik ruhida birgalikda foydalanish masalalarida oʻsishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.