Turkmaniston Davlat muzeyi direktori Meretgeldi Choriev: "Xiva xoni kumushlari topildi"

    Turkmaniston Davlat muzeyi direktori Meretgeldi Chorievning so'zlariga ko'ra, Turkmaniston davlat muzeyi fondida XIX asr oxiri va XX asr boshlariga oid ayollar zargarlik buyumlarining to'liq to'plamini aks ettiruvchi oltin bilan qoplangan kumushdan yasalgan rang-barang zargarlik buyumlari saqlanmoqda.

    To'plam taqdimoti O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyatining VII Xalqaro kongressining “Merosning yangi qirralarini kashf etish: O'zbek kollekwiyalari jahon to'plamlarida” xalqaro konferentsiyasi doirasida bo'lib o'tdi.

    To'plamdagi buyumlar o'zining shakllarga boyligi, ko'p sonli marjonlari, ziraklari va eng nozik qadama naqshlari bilan ajralib turadi.

    Tadqiqotlarga ko'ra, ashyolar Xiva xoni xazinasidan bo'lib, Xorazm mahsulotlari kollektsiyasining o'zi esa 1928- yil 20- sentyabrda Turkmaniston Davlat muzeyi fondiga kirgan. Bu ashyolar hukumat qarori bilan o'sha paytdagi milliy Respublikalar bo'ylab taqsimlangan va Toshkentdan hukumat vagonlarida jo'natilgan.

    To'plamda “manglay-duzi, bosh-duzi” peshona bezaklari, turli tumorlar va boshqa ko'p noyob narsalar mavjud.

    “O'zbekiston madaniy merosi” turkumidagi to'plamning nashr etilishi hozircha kam o'rganilayotgan ayrim zargarlik buyumlarining atributini tushunishga yordam beradi va Xorazm zargarlik san'ati haqida to'liqroq tushunchaga ega bo'lamiz, deb umid qilamiz”, — deya ta'kidladi M.Choriev.