Turkmaniston delegatsiyasi Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrif buyurdi

    Mehmonlar Modarixon madrasasiga tashrif buyurib, milliy hunarmandchilik turlari bilan tanishdi.

    Dastlab delegatsiya rahbari va a'zolariga “Ishga marhamat” monomarkazining tuzilmasi va asosiy vazifalari, islohot va istiqboldagi rejalar haqida qisqacha ma'lumot berildi. Delegatsiya vakillari monomarkazning kasb turlariga o'qitish bo'yicha ixtisoslashtirilgan o'quv xonalarida bo'lib, yaratilgan shart-sharoitlar unda olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishishdi.

    SHuningdek, “Ishga marhamat” monomarkazining hunarmandchilik markazi - Modarixon madrasasiga tashrif buyurib, milliy hunarmandchilik turlari bilan tanishib chiqishdi.