Turkmaniston Axborot portali veb-sayti xabariga ko'ra, chet ellik diplomatlar va jurnalistlar bilan suhbatda, Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti Evropa byurosi bilan yaqinda bo'lib o'tgan onlayn muzokaralarda ham Rashid Meredov   Turkmaniston JSST ekspertlarini qabul qilishga tayyorligini ta'kidlagan edi.

“Turkmaniston tomoni buning uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda va biz ekspertlardan tashrifning aniq sanasini kutamiz,- dedi vazir, -  Ular biz bilan birga ishlasin va Turkmanistondagi vaziyatga ob'ektiv baho berishsin. Biz bunga tayyormiz!”

Rashid Meredov, shuningdek, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining Turkmanistonga kelishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va missiya tugaganidan so'ng xulosalar Evropaga yuborilishini aytdi.

Turkmaniston vakillarining rasmiy xabarlariga ko'ra, mamlakatda COVID-19 koronavirusi aniqlanmagan.