Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan soʻng, Turkmaniston Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.
Mazkur sammit kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.