Turkmaniston Prezidenti ta'tilga chiqdi

    Voqea-hodisalar 7 Iyul 2020 1429

    Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko'ra, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 6 iyul kuni ta'tilga chiqdi. Prezident ta'tilni  "mamlakatning kurort markazlaridan biri”da o'tkazadi.

    O'tgan hafta Vazirlar Mahkamasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilishida davlat rahbari hukumat a'zolariga 7 iyuldan 6 avgustgacha navbatdagi mehnat ta'tilini berishini, bu vaqt hukumat a'zolari ham mahalliy dam olish maskanlarida ta'tilni o'tkazishi mumkinligini ma'lum qildi.

    "Davlat rahbari bo'sh vaqtini ilmiy faoliyat va ijodning barcha turlari, shu jumladan, yangi adabiy asarlar ustida ishlash, musiqa bilan shug'ullanishga bag'ishlaydi.

    Turkmaniston rahbari dam olish kunlarini eng sevimli mashg'ulotlaridan bo'lgan Axalteke otlarida sayr qilish, velosipedda uchish va sport avtoulovlarida poygaga chiqish bilan o'tkazadi", deb yozadi nashr.