Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi

    Hukumat 4 Oktabr 2021 3471

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

    Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

    Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

    O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.