Turkmaniston temiryoʻlchilari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishildi

    Transport 24 Noyabr 2022 1142

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida Turkmanistonning “Demiryollary” OAJ vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Tomonlar temir yoʻl sohasidagi, xususan, yuk tashishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini va yaqin istiqbolli rejalarini muhokama etdilar.

    Uchrashuv davomida ikki davlat temir yoʻl maʼmuriyatlarning yuklarni tashish boʻyicha masʼullar – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshligʻi S. A.Norqobilov hamda “Demiryollary” OAJ bosh direktori oʻrinbosari A. N.Xudayberdiyev rahbarligida yuk aylanmasini oshirish, ushbu jarayonning uzluksizligini taʼminlash, shu jumladan, transport vositalari va tovarlar boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni almashish masalalari ham koʻrib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, lokomotiv xoʻjaligi sohasida tajriba almashish va boshqa qator masalalarni ham koʻrib chiqdilar, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

    Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sheriklik asosida hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishga kelishib oldilar.