Roʻyxat BMT tomonidan ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish maqsadlari asosida bir necha yillardan beri shakllantirilib kelinmoqda. Bu yil dunyoning 1600 ga yaqin universitetlari ana shu roʻyxatga kiritildi. Turkmanistonning Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti ana shu roʻyxatdan oʻrin oldi. Taʼlim muassasasi toʻqqiz yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda hamda yetakchi xorijiy universitetlar bilan faol aloqalar oʻrnatgan.
Universitet ijtimoiy-gumanitar fanlar, xalqaro munosabatlar, huquq, iqtisod va menejment yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Axborot texnologiyalari fakulteti Ashxoboddagi yirik muhandislik maktablaridan biri boʻlib, bu yerda keng koʻlamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Aprel oyida universitetda matematika boʻyicha ochiq xalqaro olimpiada boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi mir24.tv.